"Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fati faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Britaniya matbuotining xabariga ko'ra, "qizil iblislar" futbolchi uchun 150 million evro to'lashga tayyor. 

Avvalroq, "Barselona" "MYu"ning 100 million evrolik taklifini rad etgan edi. Fati xizmatiga shuningdek "Yuventus" klubi ham qiziqish bildirmoqda.