Fati "Barsa" ning "Kamp Nou" dagi "Leganes" ustidan 2:0 hisobidagi g'alabasini ta'minladi. Rakitich yosh hujumchining harakatini yuqori baholadi va u uchun xursand ekanligini aytdi. Xorvatiyalik Antuan Grizmannni ham uning jon jahdi bilan o’ynayotganligi uchun himoya qildi. "Barselona" yarimhimoyachisi Ivan Rakitich "Kamp Nou" dagi "Leganes" ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g'alabasidan so’ng Ansu Fatini maqtadi. Ispaniyaning Sport nashri iqtibos keltirdi:-"Ansu qilayotgan ishlari juda ta'sirli va biz u uchun juda xursandmiz. "Uning goli ishni osonlashtirdi va endi ishlashni davom ettirish va sabrli bo'lish kerak." Fati "Barsa" ning o'yindagi birinchi goli bilan yaxshi taassurot qoldirdi va Antuan Grizmann gol urish uchun yana bir noaniq harakat namoyish qildi, ammo Rakitich fransiyalik futbolchi uchun muhimligini ta'kidlamoqda. -"U [Grizmann] gol urdi. Ammo VAR buni hisobga olmadi. U biz uchun haqiqatan ham muhim o'yinchi",deya qo'shimcha qildi u. "Leganes" ustidan qozonilgan g'alaba bilan "Barsa" Liga jadvalini boshqarib turibdi. Hozirda "Blaugrana" 29 o'yindan 64 ochkoga ega. Ular 19 iyun kuni Ramon Pitsuan stadionida "Sevilya" bilan to'qnash kelishadi. Manba: Sport