Yangi shartnoma 2023-yilgacha amal qilishi ko'zda tutilgan, ammo u 1 + 1 sxemasi bo'yicha tuziladi. Argentinalik futbolchi bilan amaldagi shartnoma 2021- yilning yozigacha hisoblanadi. Yangi shartnoma muddati tugashidan bir yil oldin 32 yoshli hujumchi o'zining kelajagini aniqlaydi. Messining "Barselona" bilan shartnomalari har doim 10-iyungacha amal qiladi, unga ko'ra Leo har mavsum oxirida jamoani tark etish mumkin.