[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-575107_original.jpg[/readimg] La Liga rahbari Xaver Tebas Krishtianu Ronalduning Realdan Yuventusga o'tgani musobaqa mavqeiga tasir o'tkazmagani haqda gapirdi. “Krishtianuning ketishi « Real»ni xafa qilgan bo'lsa ham bu bizga deyarli tasir ko'rsatmadi, boisi, La Liga brendi malum futbolchilardan yuqoriroq bo'lish uchun yillar davomida tayyorlangan. Ammo Messi bilan bog'liq holat boshqa. U tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Faqat bizning ligamizda harakat qilgani esa bizning omadimiz. Nazarimda, Messining ketishi sezilarliroq bo'ladi. Ayniqsa, boshqa chempionatga o'tishi. Lionel – ispan futboli ramzi, La Liga va men undan faoliyatini chempionatimizda yakunlashini so'ragan bo'lardim. Uning ketishi esa fojia bo'lmaydi, chunki biz Messiyoki uning ishtirokisiz ham televizion kelishuvlarni imzolay olamiz. Biroq, asosiysi – uning ligaga olib kelayotgan foydasi. Messibizni doimo xursand qiladi”,deydi Tebas.