"Real" futbolchilari 29-tur ramziy jamoasidan o'rin olishmadi. Ispaniyalik jurnalistlar Ispaniya La Ligasi 29-tur ramziy jamoasini tuzishdi. Undan birorta " Real" futbolchisi o'rin olmadi. Kecha " Real" o'z uyida "Valensiya"ni mag'lubiyatga uchratgan edi. Darvozabonlar: Xordi Masip («Valyadolid»); Himoyachilar:Martin Agirregaribiya («Alaves»), Kleman Langle (« Barselona»), Leandro Kabrera («Espanol»); Yarim himoyachilar:Samuel CHukvueze («Vilyarreal»), Ektor Errera («Atletiko»), Markos Lorente («Atletiko»), Serxio Kanales («Betis»); Hujumchilar:Joau Feliks («Atletiko»), Lionel Messi(« Barselona»), Xoselu («Alaves»). Ramziy jamoadan "Atletiko"ning bir yo'la 3 futbolchisi o'rin egalladi. Madridliklar bu turda mehmonda "Osasuna"ni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-575242_original.jpg[/readimg]