[readimg]https://stadion.uz/images/news/setien-kuzatuv.jpg[/readimg] Kike Setien “Sevilya” bilan o’yin oldi matbuot anjumanida ishtitrok etgan fikrlari haqida e’tiboringizga havola etamiz. -“Ansu 17 yoshli bola va uni nazorat qilish kerak. U hali o’rganadigan ko'p narsalar bor.” -“Barchamiz “Malorka” bilan ham “Leganes” bilan ham o’yinlarda kutilmagan hodisalarni ko'rdik. Biz har bir o'yinda g'alaba qozonish va ustunlikni saqlash haqida o'ylashimiz kerak.” -"Sevilya shahridagi tomoshabinlarsiz o'yindan biz foyda olishimiz mumkin, bu o'yin qanday o'tishiga bog'liq." -“Sevilya - bu juda yaxshi raqib. Ular kuchli va jismoniy jihatdan yaxshi. Ammo, biz ularning zaif tomonlarini ham bilamiz va ulardan foydalanishga harakat qilamiz.” -“Frenki - juda yaxshi futbolchi, bizga ko'p narsalarni beradigan yigit, lekin uning o'rnini bosadigan boshqa o'yinchilarimiz bor va umid qilamanki, u imkon qadar tezroq tuzalib ketadi.” -"Riki Puig juda yaxshi o'ynadi. Juda yaxshi tarbiyalangan va futbolga yaxshi munosabatda bo'lgan bola." -“Dembele avgust oyida qaytadimi? Uning tiklanishi to'g'ri yo'nalishda ketmoqda. Mavsum oxirida butunlay tuzalib ketadimi yoki yo'qmi hozircha noma'lum.” -“Messi kabi o'yinchilar qachon dam olish kerakligini hal qiladigan professionallardir. Ularni qachon o'ynashini belgilab qo'ygan bo'lsam-da, agar ular o'zlarini o'zgartirish kerakligini aymoqchi bo’lsa, meni ogohlantiradilar." -“Ansu, Riki va Arauxo uch xil o'yinchidir, ular bizga ko’p narsalarni olib keladigan juda yaxshi yigitlar.” -"Grizmann? U qanotda o'ynashiga qaramay, doimo markaz va himoyaga qaytishni yaxshi ko'radigan o'yinchi. Biz unga qanotda qolishni hech qachon maslahat bermaymiz, chunki u bunday driblingchi emas." Manba: Twitter.com/barcacentre