[readimg]https://stadion.uz/images/news/fati3.jpg[/readimg] Kataloniyaliklar yosh futbolchi uchun katta summa so'rashmoqda. "Sunday Express" xabariga ko'ra, " Barselona" yosh vinger Ansu Fati uchun narx belgiladi. "Manchester Yunayted" davogarlik qilayotgan 17 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "ko'k-anorranglilar" 100 million funt so'rashmoqda. Oldinroq kataloniyaliklar shartnomada keltirilgan tovon puli - 355 million funtni to'lab qo'ysa, Fati istalgan vaqtda MYUga o'tishini malum qilgandi. Ushbu mavsumda Fati LaLiganing 17 o'yinida 5 gol va 1 assist qayd etgandi.