«Yuventus» klubi yarim himoyachi Arturning transferi borasida «Barselona» bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, turinliklar futbolchi uchun 80 million evro taklif qilishdi. «Yuventus» esa Arturning o'ziga 5 million evro yillik maosh taklif qilib, uni ko'ndirishga urinmoqda (braziliyalik futbolchining «Barsa»dagi maoshi 3,2 mln evroga teng).«Byankoneri» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa o'yinini Artur atrofida tuzishni istamoqda. O'z navbatida «ko'k-anorranglilar» «Yuve» yarim himoyachisi Miralem Pyanichni qo'lga kiritishni istamoqda. Italiyaliklar uni 70 million evroga baholashmoqda. Shuning uchun "keksa sinora" Artur uchun 10 million evro miqdorida mablag' to'lashga tayyor.