[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-576477_original.jpg[/readimg] Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Lineker "Barselona" hujumchisining 33 yoshga to'lgani bilan tabrikladi. "Lionel Messining tug'ilgan kuni bilan tabriklayman. U ajoyib faoliyatining quyosh botish nuqtasiga yaqinlashdi. 722ta o'yinda 699ta gol urgan ijodkor va qizg'anmaydigan futbolchi, samarali va darvoza qarshisidagi qotil. Leo ketgan payt biz uni sog'inamiz. Imkoniyat borida undan rohatlaning",- deb yozadi Lineker. Messi" Barselona"ning asosiy jamoasida 2003 yildan beri o'ynab keladi. Forvard "ko'k-anorranglilar" bilan 10 karra Ispaniya chempioni, 6 karra Kubok va 8 karra mamlakat Superkubogi sohibi. SHuningdek Leo Kataloniya klubi tarkibida 4 bor CHempionlar Ligasini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari. Uch karra UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibi bo'lgan.