[readimg]https://www.vbetnews.com/wp-content/uploads/2020/06/messi-10.jpg[/readimg] Leo Messining ajoyib o‘yinlaridan biri 2008 yilgi YECHL yarim final o‘yinida ro‘y bergan. O‘shanda "MYU" "Barselona"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi, lekin Messi o‘z o‘yini bilan yaxshi xotiralar qoldirgandi. Bir vaziyatda u Skoulzdan juda osonlik bilan o‘tib ketgandi. Skoulz o‘sha vaziyatni yodga oldi. -"Undan uzoqroqda o‘ynashni xohlaganimni tan olishdan qo‘rqmayman. U bilan yo‘lim kesishmasligiga umid qilgandim." -"Noqulay" - mana shu so‘z uning o‘yinlarini eslaganimda yodimga tushadi. Uni ushlab turganingizni bilasiz, lekin ko‘z ochib yumguningizgacha u qochib ketgan bo‘ladi. U allaqachon o‘z sayyorasida bo‘ladi",– dedi Skoulz.