"Barselona" va Madridning "Real" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi uchun kurashadi. Bu haqda L'Equipe nashri yozmoqda. 

Avvalroq, "Arsenal" Genduzini xatti-harakatlari tufayli sotib yuborishi haqida xabarlar tarqalgandi. La Liga grandlari esa vaziyatni kuzatishmoqda. 

Eslatib o'tamiz, futbolchi xizmatiga "Lester Siti" ham qiziqish bildirmoqda.