Setien yaqinda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Artur Meloga yetishmayotgan ba'zi narsalarni aytib o’tgan edi. Futbolchining onasi Lusiaga bu yoqmadi. So'nggi matbuot anjumanida "Barselona" bosh murabbiyi Kike Setien Artur Melo haqidagi savollarga javob berdi va yarim himoyachi haqida biroz tanqidiy fikrlar aytdi. Setiendan taktika sababli braziliyalik ketishi kerak bo'lgan taqdirda muxlislarning g'azabini qo’zg’atmaydimi deb so'ralganda:-"U [Artur] klubga katta ishtiyoq bilan kelgan birinchi o'yinchi emas va bu o'z samarasini bermayapti. Bu holat ko'plab jamoalar va futbolchilarda bo'ladi." Setienning izohlariga qarshi, tvitterdagi akkauntida futbolchining onasi g'azabini izhor qilib yozdi:-“Xudoyim, endi ular o'yinchining kamchiliklariga ishora qilmoqdalar.” "Barselona" La Ligadagi navbatdagi uchrashuvida "Selta"ni qabul qiladi va braziliyalik bugun maydonga tushushi mumkin. Manba: Tribuna.com