"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichning "Barselona"ga o'tishi deyarli hal bo'ldi. 30 yoshli bosniyalik futbolchi ertaga ispan klubiga qo'shilishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi. Oldinroq, " Barselona" Pyanich uchun bonuslar bilan birgalikda 60 mln evro, "Yuventus" esa Artur uchun 70+5 million evro miqdorida pul to'lashi malum bo'lgan edi. Braziliyalik o'yinchi ham dam olish kunlarida "Yuve" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Eslatib o'tamiz, Pyanich "Yuventus"dan 2016 yildan beri o'ynab keladi. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-577110_original.jpg[/readimg]