
Kataloniyaning «Barselona» klubi o'z yarim himoyachisi Ivan Rakitichdan qutulish niyatida. Kataloniyaliklar o'z futbolchisini Frantsiyaning PSJ klubiga tavsiya qilishmoqda deya xabar tarqatmoqda FootMercato.
Transfermarkt portali Rakitichning transfer narxini20 million evro atrofida baholamoqda. Xorvatiyalik futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyun oyida yakunlanadi.
Avvalroq, Rakitich faoliyatini «Milan» klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar 0