[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-526024_original.jpg[/readimg] [b]"Barselona" va "Inter" klublari 4 futbolchining ehtimoliy transferlarini muhokama qilish maqsadida uchrashishdi. Jurnalist Janluka Di Marcioning malumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar himoyachi Milan SHkrinyar va hujumchi Lautaro Martineslarga jiddiy qiziqmoqda. O'z navbatida, milanliklar "ko'k-anorranglilar" o'yinchilari Ivan Rakitich va Arturo Vidallarga qiziqish bildirishgan. Muzokaralar ijobiy ruhda o'tdi, ammo hech qanday kelishuvga erishilganicha yo'q. O'yinchilarning transfer narxlari: SHkrinyar - 60 million evro, Martines - 40 million, Rakitich - 35 million, Vidal - 15 million.[/b]