
"Barselona" o'yinchilari va bosh murabbiy Kike Seten o'rtasidagi munosabatga biroz putur etdi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi. Manbaga ko'ra, "Selta"ga qarshi o'yindan keyin kiyinish xonasida futbolchilar bosh murabbiyni tanlagan taktikasi uchun tanqid qilishgan. Shuningdek, mutaxassis tomonidan uchrashuv davomida jamoa o'yiniga kiritilgan o'zgarish uchun o'yinchilar Setenga e'tiroz bildirishgan."Marca"ning ta'kidlashicha, murabbiylar shtabi va futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunishmayapti. Kikening uslubi "ko'k-anorranglilar" o'yinchilariga u qadar ma'qul kelmayapti. Agar qandaydir o'zgarish ro'y bermasa, jamoa ushbu mavsumda sovrinsiz qolib ketishi mumkin, deya hisoblamoqda futbolchilar.
Fikrlar 1
Togri qiladi yoq qilish kerak bartameuodan boshlab setyengasha