Onda Cero nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Ispaniyaning «Valensiya» klubi rahbariyati qayd etilayotgan so'nggi mag'lubiyatlardan toqati tog' bo'ldi. Chunki, "Valensiya" EChLga yo'llanma beruvchi o'rinlardan deyarli mahrum bo'ldi.

Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Alberto Seladesni o'rnini "Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde egallashi kutilmoqda.