Kike Seten boshqaruvidagi «Barselona»ning natijalari klub rahbariyatini qoniqtirmayapti. Seten yanvar oyida kataloniyaliklar bosh murabbiyiga aylangan edi. Mutaxassis futbolchilar ishonchini yo'qotdi hamda La liga jadvalida peshqadamlikni «Real»ga topshirib qo'ydi. "Ko'k-anorranglilar" Chemiponlar ligasi yoki Ispaniya chempionatida g'olib chiqishsa, Seten o'z lavozimini saqlab qoladi.