
«Atletiko» sardori Koke Ispaniya chempionatining 33-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.Madridliklar Ispaniya futbol federatsiyasiga murojaat qilib, futbolchining "Alaves"ga qarshi o'yinda olgan sariq kartochkasini bekor qilishga urinishdi. Ammo jamoaning apellyatsiyasi bekor qilindi. Shu tariqa, Koke va himoyachi Stefan Savich «Kamp Nou»da o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Mazkur o'yin ertaga — 30 iyundan 1 iyulga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Fikrlar 0