
«Barselona» klubi Ispaniya chempionatining navbatdagi turlarida bo'lib o'tadigan «Atletiko» yoki «Vilyarreal»ga qarshi o'yinlarda ochko yo'qotsa, Kike Seten iste'foga chiqariladi."As" tarqatgan xabarga ko'ra, murabbiy iste'foga chiqarilsa, mavsum oxiriga qadar uning o'rnini «Barselona B» ustozi Xaver Garsiya Pimenta egallaydi.Ma'lumotlarga qaraganda, Setenning lavozim kursisi ancha qimirlab qolgan. «Atletiko» bilan o'yinda durang ham mutaxassisning iste'fosi uchun etarli bo'lishi mumkin.
Fikrlar 0