"Barselona" rahbariyati jamoaning bosh murabbiyi Kike Setenni ishdan bo'shatish niyatida emas. Bu ispan matbuoti ma'lum qildi.

"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. "Barca" prezidenti Xosep Bartomeu va uning yordamchilari qiyin paytlarda murabbiyga dalda bo'lish uchun Seten bilan shaxsiy uchrashuv o'tkazdilar.

Avvalroq, "Barselona" Xosep Gvardiolani jamoaga qaytarishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.