«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kukurelya «Xetafe»ning to'laqonli a'zosiga aylandi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, «Xetafe» futbolchi uchun 10 mln evro to'laydi. «Barselona» esa yarim himoyachining keyingi transferidan 10% ulush oladi. Kukurelya 2012 yildan beri «Barselona» akademiyasida tarbiyalangan. U asosiy jamoa safida 2017 yilning oktyabr oyida debyut qilgandi. Kukurelya joriy mavsumni ijara asosida «Xetafe»da o'tkazmoqda. U La liga doirasida 31ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.