"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona" (2:2)ga qarshi o'yinda Yannik-Ferreyra Karraskoning harakatlarini baholadi. "Karrasko " Barselona"ga qarshi o'yinda yaxshi harakat qildi. Qaytib kelganida qiyin bo'lgandi va "Atletiko" u ko'p mehnat qildi. U kechagi o'yinda hal qiluvchi rolni o'ynadi. Bilbaoga qarshi o'yinda yaxshi o'ynagan edi, ammo kataloniyaliklarga qarshi o'yinda ajoyib harakat qildi, - deydi Simeone. SHu durangdan so'ng " Barselona" " Real"dan bir ochko ortda bormoqda (madridliklarda bitta o'yin kam). 26 yoshli Karrasko 2015-2018 yillar davomida "Atletiko"da to'p tepgan va shundan so'ng Xitoyning "Dalyan Ifan" klubiga yo'l olgandi. Ammo, belgiyalik futbolchi shu yilda "Atletiko"ga ijara asosida qaytdi. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-578084_original.jpg[/readimg]