"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten La Liga 33-tur doirasidagi "Atletiko" (2:2)ga qarshi o'yinda hujumchi Antuan Grizmanning kam o'ynaganiga izoh berdi. "Men Grizmann haqida gapiryapman. Men undan kechirim so'ramayman, ammo u o'zini yomon his qilishi mumkinligini tushunaman. Men ham achinaman, chunki u ajoyib professional va zo'r inson. Riki Puch yaxshi o'ynadi, Suaresni doim maydonda ushlash kerak, Leoni ham. Jamoani barqarorlashtirmay turib, Grizmannga joy topish qiyin", - deydi Seten. Franciyalik futbolchi kecha "Atletiko"ga qarshi o'yinda 90-daqiqada maydonga tushdi. Seten va Grizmann o'rtasidagi suhbat bugun ertalab jamoa mashg'ulotlarida bo'lib o'tishi kerak edi. Grizmann joriy mavsum " Barselona" safida La Liga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-578167_original.jpg[/readimg]