Frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann "Barselona"ni tark etish mumkin

Klub prezidenti Xosep Bartomeu 29 yoshli hujumchining o'yinidan norozi va uni transferga qo'yishi mumkin.

Bartomeu Grizmannning ko'rsatayotgan natijalaridan va futbolchining Kataloniya jamoasidagi uzoq vaqt moslashuvidan qoniqmayapti, deb xabar beradi AS nashri.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Grizmanni "Atletiko"dan 2019 yil yozida 120 million evroga sotib olgan edi.

Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda Antuan La Ligada 32 ta o'yin o'tkazib, 8ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.