"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Barselona" hujumchisi Lionel Messining jamoadan ketishi mumkinligiga izoh berdi. "Nima bo'lishini bilmayman, ammo biz umid qilamizki, u qoladi, chunki Messishu chempionatda o'ynaydi. Biz La Ligada eng zo'rlari o'ynashini xohlaymiz",- deydi Zidan. Oldinroq, 33 yoshli argentinalik futbolchining 2021 yilda " Barselona"dan ketishi mumkinligi aytilgan edi. Messijoriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 18ta assist qayd etdi. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-578582_original.jpg[/readimg]