[readimg]https://static.footballhd.ru/uploads/posts/2020-07/1593778145_21.jpg[/readimg] Kataloniyaliklar himoyachisi Samuel Umtiti “Villarreal“ga qarshi oʻyin oldidan oʻtkazilgan mashgʻulotlarda jarohat olgani maʼlum boʻldi. 25 yoshli fransuz mashgʻulotlar chogʻida chap tizzasida ogʻriq sezgan. Natijada mashgʻulotlarni oxirigacha yakunlay olmagan. Maydonga qaytish vaqti tiklanish tezligiga bogʻliq boʻladi. Xabar qilinishicha, futbolchi klubning navbatdagi oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi. Ushbu mavsumda Umtiti La Ligada 13 ta oʻyin oʻtkazdi. Manba: footballhd.ru