2 iyul, payshanba kuni UEFAning doping-ofitserlari kutilmaganda «Barselona» mashg'ulotiga tashrif buyurishdi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.Ular jamoaning 6 nafar o'yinchisi — Antuan Grizmann, Serxio Buskets, Arturo Vidal, Ansu Fati, Ivan Rakitich va Riki Puchdan doping test uchun tahlil olishdi.Ayni paytda evrokuboklar o'tkazilmayotgani uchun UEFA vakillarining tashrifi klub uchun kutilmagan hol bo'ldi.