[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-579299_original.jpg[/readimg] "Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Seten haqida gapirdi. "Men turli xil mish-mishlardan xabardorman. Ishonch bilan ayta olamanki, bu noto'g'ri. Murabbiyda rahbariyat tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlash bor. Jamoa La Liga va CHempionlar Ligasini yutish uchun kurashni davom ettiradi",- deydi boshqaruvchi. Oldinroq, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati va futbolchilari Setenning ishidan norozi ekanligi aytilgan edi. " Barselona" La Ligada 34 turdan so'ng 73 ochko jamg'argan holda, jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda.