Barcelona
[readimg]https://pictures.trbna.com/image/5933dafa-ef0d-4b53-bf1e-0be54f667575[/readimg]
"Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Lautaro Martinesning "Barselona"ga o'tish ehtimoli haqida so'ragalganda quyidagicha javob berdi.
-"Barselona" futbolkasining yuki og'ir va uni kiyish uchun har qanday o'yinchi kuch va shaxsiy xususiyatga ega bo'lishi kerak."
Italiyalik qo'shib qo'ydi: - "Lautaro muvaffaqiyatga erishish uchun barcha fazilatlarga ega. U hozirda "Inter"da juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, lekin bir kun kelib "Kamp Nou" da ham namoyish eta oladimi yoki yo'qmi bilib olamiz."
Lautaro Martinesning "Inter" bilan shartnomasiga kiritilgan 111 million yevrolik tovon puli bandi 7-iyul, bugun o’z kuchini yoqotadi.
Ammo, Diario Sportning so'nggi xabarida aytilishicha, "Barselona" argentinalik uchun ushbu summani to'liq to'lash niyatida emas.
Manba: Marca
UB
Fikrlar 0