«Barselona» prezidentligi uchun 4 nafar nomzod qoldi
"Barselona" klubi rasmiy sayti saylovda ishtirok etish uchun etarli imzo to'play olgan 4 nomzodning nomini e'lon qildi. Ular — Joan Laporta, Viktor Font, Toni Freysha va Emil Russo. Imzo yig'ish borasida Laporta qolgan raqiblaridan ancha ilgarilab ketdi — 10257 imzo. Qolgan 3 nomzod mos ravishda 4710, 2821 va 2501 ovoz to'plashdi. Xordi Farre, Xaver Vilaxoana, Luis Fernandes, Pere Riera va Agusti Benedito etarli imzo to'play olmagani uchun ro'yxatdan o'tkazilmadi. Eslatib o'tamiz, Joan Laporta 2003-2010 yillarda "Barsa" prezidenti lavozimida ishlagan.