Oldinroq ma'lum qilinganidek, juma kuniga qadar "Barselona" 4 futbolchisi bilan xayrlashishni niyat qilgan va ularning ichida aynan Umtiti ham bor.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, bu erdagi asosiy muammo shunday: 2022 yilda futbolchi "Barselona"ga Ferran Torresni ro'yxatdan o'tkazishiga yordam berishi uchun shartnomani uzaytirgandi. O'shanda futbolchi 10 foiz maoshidan voz kechgan va "Barselona" qolgan 90 foiz maoshini 4 yil ichida bo'lib to'lab berishini va'da qilgandi. Shu orqali futbolchining yillik maoshi sezilarli pasaygandi.
Endi esa Umtiti o'sha kamaygan pullarini yo'qotishni istamayapti. Qayd etilishicha, "Barselona" 2024 yil yoziga qadar ma'lum miqdordagi mablag'ni to'lab beradi yoki Umtitining o'zi shartnomani bekor qilishi kerak bo'ladi.
28-Iyun 2023,23:45