"Manchester Yunayted" klubining bolgariyalik hujumchisi Dimitar Berbatov «Tottenxem»da yorqin iz qoldirgan, lekin, avvaliga u "shporlar" tarkibiga o'tishni xohlamaganini tan oldi.
Dimitar Berbatov «Tottenxem» klubiga 2006 yili «Bayer» klubidan 11 million evro evaziga ko'chib o'tgan. U ikki mavsumda «Uayt Xart Leyn»da 46 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
2008 yili Dimitar «Manchester Yunayted» klubiga 30 million evro evaziga borib qo'shilgan. 39 yoshli Berbatov hozirda futbolchilik faoliyatini yakunlagan
«Tottenxem»dan taklif tushganini eshitganimda, avvaliga g'alati hissiyotlarga berildim. Meni Angliyaning o'rtamiyona klubi sotib olmoqchi bo'lyapti deb o'ylagandim. O'shanda men «Barselona», «Real» yoki «MYu» klublarida o'ynashga munosib edim deb o'ylardim.
Yakunda men «Tottenxem» tarkibida ajoyib ikki mavsumni o'tkazdim va bundan juda xursandman», — dedi Berbatov.
27-Aprel 2020,02:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0