"Barselona" vingeri Rafinya jarohat oldi va "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"Barselona" jamoa vingeri Rafinya jarohat olganini e'lon qildi.
Futbolchi La Liga 8-turi doirasidagi "Sevilya" bilan o'yinda (1:0) jarohat olgan va uchrashuvni ertaroq yakunlashga majbur bo'ldi.
Tibbiy tekshiruvlar futbolchi o'ng oyoq tizzaosti mushaklari shikastlanganini va Rafinya taxminan bir oy "o'yindan tashqari holatda" qolganini ko'rsatdi.