Messining Valverde bosh murabbiyligida urgan gollari 100tadan oshdi.

«Barselona» La Liganing 11-turida o‘z maydoniga «Valyadolid»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (5:1).
Ushbu bahsda kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi dublga erishdi va yana 2ta golga assistentlik qildi. Uning «Valyadolid» darvozasiga kiritgan birinchi to‘pi Ernesto Valverde bosh murabbiyligi davrida urgan 100-golidir.
Argentinalik futbolchi bundan avvalgi bosh murabbiy Luis Enrike davrida 158ta o‘yinda 153ta gol urgan. Gvardiola davrida esa 219ta o‘yinda 211 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.
Shuningdek, Messi ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda gol urdi. Bungacha u «Sevilya» (4:0), «Eybar» (3:0) va «Slaviya»ga (2:1) qarshi bahslarda ham maydonni golsiz tark etmagandi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (35728/+6)
UzFIFA Yangiliklari (23.12.2025)
Futbol TV Yangiliklari (23.12.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1822)
Eng ko'p o'qilgan
20-Dekabr
23:00
17-Dekabr
21:40
UEFA «Negreyra ishi» sabab «Barselona»ni Chempionlar ligasidan chetlatishi mumkin edi
O'qildi: 69203 - Fikirlar: 0
O'qildi: 69203 - Fikirlar: 0
22-Dekabr
15:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





324