«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Barselona» klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. «Xavi o'ynayotgan paytdayoq murabbiy edi. U futbol ko'rayotganida, uning ko'zlari chaqnab turar edi. U aniq murabbiy bo'ladi. Shunday odamlar borki, ular futbol o'ynashadi, ammo ularni kelajakda murabbiy bo'ladi, deb ayta olmaysiz. Xavi istalgan jamoada menejer bo'lishi mumkin, ammo «Barselona»da esa. Unga vaqt berilishi kerak. U hali yosh, futbolni yaxshi biladi, unda ehtiros va ishtiyoq mavjud. Uning "Barsa"ni boshqarayotganini ko'rish ajoyib ish bo'lardi. Qo'shimchasiga shuni aytishim mumkinki, unga boshqaruv jarayoni yoqadi, u barcha narsaga ahamiyat qaratadi», – dedi Gvardiola.Xavi – «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2008-2012 yillarda Gvardiola qo'lostida o'ynagan. U faoliyatini yakunlaganidan keyin "As-Sadd" bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda.
31-Oktyabr 2019,22:10
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 44 - Fikirlar: 0