Oktyabr oyining eng yomon 5 ta futbolchisi
Bugun Noyabr oyining 2-kuni. Ortda qolgan Oktyabr oyi bizga ko'plab ajoyib uchrashuvlar va chioyli gollarni taqdim etdi. Shunday bo'lsada, ortda qolgan oy davomida o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmgan futbolchilar ham mavjud . Bugun o'tgan oyni ko'ngildagidek o'tkaza olmagan futbolchilar haqida so'z boradi.
Tibo Kurtua
EChL doirasida «Bryugge»ga qarshi o'tgan o'yinda «Real Madrid» darvozasini qo'riqlagan posbon uchrashuv oldidan o'zini yaxshi his etmagan bo'lsada, maydonga tushishga qaror qildi va o'yin davomida qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Gol o'tkazib yuborgachgina zahira o'rindig'idan joy oldi. Kurtuaning omadsiziligini faqatgina bir uchrashuv bilan bog'lash notog'ri biroq, uning o'ziga bo'lgan ishonchi yo'qolib qolganga o'xshaydi. Muxlislar va ijtimoiy tarmoqdagi bosim futbolchining o'yinlariga o'zining salbiiy ta'sirini o'tkazmay qolmayapti. Agarda, Kurtua o'zini qo'lga olmasa, ushbu mavsum darvozabon uchun eng omadsizi bo'lishi hech gap emas.
Matteys De Ligt
Otomendi qanchalar urunmasin, ishonchisz to'p surishda De Ligtdan o'zib keta olmadi. «Dinamo Zagreb»ga qarshi uchrashuvda o'zini har tomonlama ko'rsata olgan himoyachi bosimni engib o'tishga muvaffaq bo'ldi. Undan farqli o'laroq Matteys De Ligt barchani hayron qoldirishda davom etmoqda. «Yuventus» o'tgan oyda o'tkazib yuborgan 5 ta golning 2 tasi De Ligtning «hizmatlari» samarasi desak, adashmagan bo'lamiz. Ko'pchilik uning maydondagi xatolarini tajribasizlikka yo'ymoqda, lekin De Ligt yangi jamoaga ko'nikib ketishi uchun etarlicha vaqt berildi. Bundan tashqari, asosiy tarkibdan ham joy ajratildi. Afsuski, yaratib berilayotgan imkoniyatlar ham gollandiyalik himoyachiga kamlik qilmoqda. Ortda qolgan oy futbolchining karierasi davomidagi eng yomoni bo'ldi. Gap shundaki, o'yin davomida futobolchilarning foydali harakatlarini hisoblab boruvchi saytlar unga 10 ballik mezonda 6,6 ball qo'yishdi. Markaziy himoyachi uchun juda past ko'rsatgich. Agarda De Ligt o'zini qo'lga olmasa, tez orada asosiy tarkibdagi o'rnini ham boy berishi mumkin.
Granit Jaka
«Arsenal» sardoriga aylangan futbolchining muxlislar bilan janjalga o'ralashib qolgani, uning o'yiniga salbiiy ta'sir o'tkazgan ko'rinadi…
Aslida «Arsenal» jamoasida doimo kuchli futbolchilar sardorlik bog'ichiga egalik qilishgan. Shunday bo'lsada, endilikda klub sardorlik uchun Jakadan boshqa nomzod topa olmaydigan darajaga etib keldi. Jaka o'tgan oyda «Arsenal»ning nafaqat maydondagi balki uning ortidagi muammolariga sabab bo'lgani hech kimga sir emas. Foydali harakatlar soni bo'yicha Gunduzidan deyarli 2 barobar ortda qolayotgan jamoa sardorining ruhiy xolati havas qilib bo'lmaydi. Boz ustiga, o'tgan oy davomida «Arsenal» aynan maydon markazidagi sustkashlik tufayli bir nechta gol o'tkazib yubordi. Jamoani to'liq hujumchilarning mahoratigina elkasida ko'tarib yuribdi.
Suso
«Milan» jamoasining so'nggi yillardagi etakchisi negadir o'tgan oyda «yo'qolib qoldi». Tehnik tomondan etuk va ajoyib uzatmalar egasi oy boshida «Lechche»ga qarshi o'yinda naqd 5 bor to'pni oldirib qo'ydi. Asosiy tarkib futbolchisi bo'lishiga qaramay, har bir o'yinda o'rtacha 1,6 bor zarba yo'llayotgan qanot yarim himoyachisining natijalar keskin pasyib ketmoqda. Bundan bir yil muqaddam aynan shu kunga kelib, Suso bir o'zi jamoani oldinga boshlayogan edi, biroq uning hozirda nafaqat statistikasi, balki o'yinida ham pasayish kuzatilmoqda. To'g'ri, hozir «Milan» jamoasining ishlari yurishmayapti, biroq o'yin sifati va maydonni ko'rish borasida futbolchi oqsamoqda.
Per-Emerik obameyang
«Arsenal»ning asosiy hujumchisi qanchalar mahoratli bo'lmasin, o'tgan oyning eng yomon hujumchisi bo'ldi desak,adashmagan bo'lamiz. Butun 1 oy davomida raqib darvozasiga atigi 9 bor zarba bergan gabbonlik futbolchi birorta gol kiritishga muvaffaq bo'lmadi. APLning eng katta maosh oluvchi hujumchilaridan biri uchun bundanda xunuk ko'rsatgich bo'lmasa kerak. Songgi 5 yil davomida obameyangning faoliyatida bunday quruq seriya kuzatilmagan edi.
To'g'ri, butun boshli «Arsenal»ning ishlari yurishmayapti, lekin butun boshli jamoaning so'nggi zarbasini beruvchi futbolchining birorta gol kirita olmaganini qanday baholash mumkin? Shunday ekan, obameyang o'tgan oyda eng yomon o'yin ko'rsatgan hujumchi desak, adashmagan bo'lamiz.
Coutinho_14
2-Noyabr 2019,07:21
2-Noyabr 2019,07:21
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30236/+14)
UzFIFA Yangiliklari (25.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (25.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
21-Noyabr
17:30
22-Noyabr
12:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)