«Barselona» Messi bilan shartnoma imzolashning so'nggi muddatini belgilab oldi
«Barselona» hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnomani «Yuventus»ga qarshi o'yingacha rasmiylashtirib olmoqchi. Gamper kubogi doirasidagi mazkur bahs 8 avgust kuni bo'lib o'tadi.Messi hozirda ta'tilda bo'lib, jamoa mashg'ulotlariga 2 avgust kuni qo'shilishi kutilmoqda.