"Atletiko" prezidenti: "Suares va Grizmann borasida bitimlar "Barselona"ning foydasiga xizmat qildi"
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Luis Suares va Antuan Grizmanning Madrid klubiga o'tishi haqida gapirdi.
"Suares - biz uchun ajoyib topilma. U ajoyib o'yinchi va insondir.
Biz "Barselona" bilan yaxshi munosabatlarni qo'llab-quvvatlaymiz. Suares va Grizmanning bitimlari klubimizga, o'yinchilarning o'ziga va "Barselona"ga foyda keltirganini aytishga tayyorman", - deydi Sereso.
Eslatib o'tamiz, "matraschilar" o'tgan yili Suaresni 7 mln evro evaziga xarid qilishdi. U jamoasi bilan birga ilk mavsumdayoq La Liga g'olibiga aylandi.
"Ko'k-anorranglilar" tomonidan 2019 yilda 120 mln evro evaziga xarid qilingan Antuan Grizmann esa yozda Madridga erkin agent maqomida o'tdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (34593/+10)
UzFIFA Yangiliklari (04.10.2025)
Futbol TV Yangiliklari (04.10.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1807)
Eng ko'p o'qilgan
30-Sentyabr
19:10
1-Oktyabr
22:20
4-Oktyabr
17:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)