"Barselona"dagilar Gavining klubdagi kelajagini ma'lum qilishdi
"Barselona" sport direktori Mateu Alemani yarim himoyachi Gavining kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
"U bilan ancha vaqtdan buyon muzokaralar olib boryapmiz. Gavi shu erda qolishni istamoqda. Barcha e'tibor Gavi bilan uzoq yillik shartnoma tuzishga qaratilgan", - dedi Alemani.
17 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2023 yil yozida tugaydi. Oldinroq unga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.