«Real» himoyachisi Serxio Ramos 18 dekabr kuni bo'ladigan «Barselona»ga qarshi o'yin sanasi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Yangi tayinlangan sana «Barselona»ga qo'l keladi. Shart-sharoit barchaga bir xil bo'lishi kerak. Bu o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun har ikkala jamoa teng vaqtga ega bo'lishi lozim. Nima bo'lishidan qat'i nazar, biz tayyor bo'lamiz va bu uchrashuvda g'alaba qozonmoqchimiz», – dedi Ramos.Eslatib o'tamiz, «Real» va «Barselona» o'rtasidagi o'yin 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00da boshlanadi. Madridliklar "klasiko"dan oldingi o'yinni 15 dekabrdan 16 dekabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da "Valensiya"ga qarshi o'tkazadi. "Ko'k-anorranglilar"ning "Real Sosedad"ga qarshi o'yini esa 14 dekabr kuni soat 20:00da boshlanadi. Shu tariqa, "Barsa" "el-klasiko" oldidan raqibga nisbatan 29 soat ko'proq dam oladi.
15-Noyabr 2019,14:30