Vadim Abramov: «Agar futbolni ko'tarishni istasak, kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishimiz kerak»
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCh saralashi doirasida Falastinga qarshi kechgan bahsdan so'ng (2:0) matbuot anjumanida ishtirok etib, fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin sizga yoqdi, deb o'ylayman. Shaxsan men uchun uch kun oldingi mag'lubiyat hali unutilganicha yo'q. Yigitlarga g'alaba uchun rahmat. Hisob o'yinga mos bo'ldi, deb o'ylayman.
So'nggi daqiqalarda futbolchilarda charchoq alomatlari sezilayotganligi haida...
Gap shundaki, oxirgi daqiqalarda to'pni nazorat qilish kerak va bu ishni maydonning raqibga tegishli qismida amalga oshirish lozim. Hozircha futbolchilar buni tushuna olmayapti. Bu ishni to'g'rilasa bo'ladi va biz yig'inlar davomida shunga harakat qilamiz.
Hozir faqat oldinga qarash lozim. Oldinda esa Chempionlar ligasi o'yinlari bor va biz yangi nomzodlarni ko'rishda davom etamiz. Agarda himoya yaxshi o'ynasa, Odil markazda qoladi.
Ikkita gol urib olgandan so'ng o'yinni biroz tashlab qo'ydik. Bunday o'yinda bizda imkoniyatlar bo'lishi lozim edi. Afsuski oxirgi uzatmalar o'tmay qoldi. Har qanday jamoa raqib bergan imkoniyat doirasida o'ynaydi.
Saudiya Arabistoni termasiga qarshi javob o'yinidagi imkoniyatlarimiz haqida...
Yaponiyaga qarshi kechgan o'yinda vaziyat boshqacha edi. O'sha vaqtda biz Osiyo Kubogidan o'tgandik, men bir yarim yil davomida jamoani boshqarib turgandim va ancha tajribaga ega edik. Hozir esa vaziyat biroz boshqacha. Futbolchilarimiz etarlicha iqtidorli ekaniga shubha qilmayman. Vaqt hammasiga baho beradi. Futbolchilar klubdan keladi va ularning holati klublarga bog'liq. Olti oydan so'ng nimalar bo'lishini ayta olmaymiz. Toshkentda bo'lgan o'yindan xulosa chiqarsak, o'yin tomonlama Saudiyadan past emasmiz. To'g'ri, jazirama bo'ladi, ammo ular ham «protivogaz» kiyib o'ynamaydiku!
Martda Qozog'iston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. Saudiya Arabistoni Braziliya bilan o'ynamoqda. Agar futbolni ko'tarishni istasak, kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishimiz lozim. Hozircha reja bor, ammo klublar manfaatiga zid ish qilmaslikka intilmoqdamiz. Arveladze bilan bu mavzuda gaplashib oldik. «Paxtakor» Chempionlar ligasida qancha uzoqqa borsa, o'zbek futboli foydasiga bo'ladi. Klublar yig'inlari vaqtida biz ham Amirliklarda bo'lamiz va raqib topib, o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz.
Coutinho_14
20-Noyabr 2019,08:35
20-Noyabr 2019,08:35
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
I
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30265/+14)
UzFIFA Yangiliklari (27.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (27.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1661)
Eng ko'p o'qilgan
26-Noyabr
11:10
24-Noyabr
09:30
26-Noyabr
14:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)