Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang jamoa bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti. Boisi, u «Barselona»ga o'tishni istamoqda.30 yoshli futbolchining "kanonirlar" bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Gabonlik futbolchi va jamoa rahbariyati o'rtasidagi yangi shartnoma borasida muzokara yozdan beri davom etmoqda. Ammo kataloniyaliklar tomonidan qiziqish borligini bilgan Obameyang, «Barsa» tomonidan «Arsenal»ga yuboriladigan aniq taklifni kutishga qaror qildi.Bundan tashqari, londonliklarning ushbu mavsumda qayd etadigan natijasi ham futbolchining yakuniy qaroriga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Agar "kanonirlar" Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, Obameyang jamoada qoladi. Aks holda Obameyang «Barselona»ga o'tishga tayyor."Arsenal" hozirda APL jadvalida 17 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. Jamoa EChL yo'llanmasini beruvchi 4-pog'onadan 8 ochko ortda qolmoqda.
22-Noyabr 2019,07:50