Rossiya OAVda Shomurodov haqidagi xabarlarga qanday izohlar qoldirilmoqda?
Eldor Shomurodov "Rostov"ni tark etishi mumkinligi borasida Rossiyada qanday fikrlar bildirishayotganini e’tiboringizga havola etamiz.
Bugun, O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida bir qancha xabarlar bong urmoqda. Rossiyaning etakchi saytlarida ham Shomurodov borasida bergan xabarlarda muxlislar fikr qoldirishda ancha faollik ko‘rsatishmoqda. E’tiboringizga Sports.ru saytidagi Shomurodov haqidagi xabarlarga qoldirilgan izohlarni namoyish etamiz.
Anna Poznyakova: Shtuttgart? Bu ikkinchi Bundesligami? Huddi, FNLdagi "Chayka" (Novoperekopskoe) klubi kabi.
Alexander Prokofev:"Real" va "Barsa" ham 100 mlrddan taklif qilishdi. Ammo Shomurodov Rostov bozoridagi palovdan voz kecholmaydi.
Sergey Yagoyan:Hurmatli agent. "Rostov" ham katta pul ishlashga qarshi emas. Faqat, mavsum yakunlanganidan so‘ng, maylimi? Sababi, uni o‘rniga munosib nomzodni xarid qilishimiz kerak va balki uni atrofida o‘yin qurishimiz ham kerakdur. Ehtimol, "Rostov" Rossiyani Evropada namoyish qilishi mumkin.
Gladiator91: Agar jamoa ChLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqsa, Shomurodovni yana yarim yilcha ushlab turishi kerak.
missMarpl:Shomurodov bilan bog‘liq vaziyatda, agentning so‘zlaridan 3 ta ma’noni tushunish mumkin.
1. Shomurodov boshidanoq "Rostov"ni vaqtinchalik variant sifatida qo‘llagan. U Evropaga yo‘l olishdagi tramplin vazifasini o‘tashini xohlagan.
(bu har qanday ambitsion o‘yinchi uchun juda o‘rinli)
2. "Rostov" Shomurodovni qo‘yib yuborishni istamayapti
(jiddiy maqsadlarini qo‘yadigan klub uchun bu juda o‘rinli)
3. Shomurodov "Rostov"dan ketishni juda ham xohlamoqda. Agar qishda bo‘lmasa, yozda aniq ketadi (Qishda agent "Rostov"ga teskari qarab ketmaydi, garchi ketishni istashsa ham)
Bu bilan demoqchi bo‘lganim: "Rostov" muxlislari ruhan tayyor turishlari kerak, Shomurodov yaqin vaqtlar ichida jamoada bo‘lmaydi.
fc-psg:Men shunday tushunaman: Shomurodovning agenti uning narxini oshirishni boshladi.
PavelAver: "Shtuttgart"ga o‘tishi kerak. Har holda jamoa kelasi mavsum Bundesligaga yana qaytadi. Germaniyada bizga nisbatan iqtidorlarni tez payqashadi.
maks44: Yozda, uni yanada narxi oshishi mumkin. Buning uchun, "Rostov" ChLga chiqishi kerak. Yaxshisi sabr qilgan va kutgan yaxshi, shunda uni 20 mlnga sotish mumkin.
Russ Ivan:Hatto O‘zbekiston va Xitoydan futbolchilar top-ligalarni e’tiborini tortmoqda. Biznikilar esa hech kimga kerak emas...
Amalfitano:Xo‘sh, "Rostov"da yaxshi narxga 2 ta futbolchi bor. Normann va Shomurodov. Shunday qili, 10 mln kam. Ayniqsa, u 15 ta yoki undan ko‘p gol ura olsa.
Alexander Norets:"Rostov" qish va ko‘p jihatdan yoz savdosi asosida yangi "bomba" tayyorlashi kerak. Biz skaut bo‘limimizga ishonamiz
Aleksandr Melnik: Agar "Rostov" chempion bo‘lsa va Shomurodov to‘purar bo‘lsa, bu fantastik va chiroyli mavsum bo‘lardi. Mana bu tarix. Vaqtlar mobaynida, futbolda mana shunday tarixlar ham bo‘lib turadi.
Stephan_El_Shaarawy
16-Oktyabr 2019,18:21
16-Oktyabr 2019,18:21
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (3)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30212/+17)
UzFIFA Yangiliklari (24.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (24.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)