Himoyachi Joau Kanselu Pep Gvardiola bilan munosabatlari haqida gapirdi. Avvalroq portugaliyalik ispaniyalik murabbiy bilan mojaro tufayli "Manchester Siti"ni tark etgani haqida xabar berilgandi. Kanselu ayni damda "Barselona"da ijara asosida o'ynamoqda.
“Biz kelisha olmaydigan narsalar bor. Lekin hamma narsada kelishib olishimiz shart emas. Men rozi bo'lmagan narsalar bor edi. Yoki u aytgan gapimga rozi bo'lmadi, tamom. Lekin men xafa emasman, aksincha minnatdorman. Hayot davom etmoqda, men "Barselona"da baxtliman. Umid qilamanki, klubda moliyaviy qiyinchiliklar bo'lsa-da, qolaman”, - deydi Kanselu.
2023/2024 yilgi mavsumda Joau Kanselu 32 ta o'yin o'tkazdi. Ularda portugaliyalik futbolchi to'rtta gol urdi va sheriklariga to'rtta golli uzatma berdi.
18-Mart 2024,04:40