"Real"ning sobiq hujumkor yarim himoyachisi Mesut O'zil "Los Blancos" va "Barselona" o'rtasidagi qarama-qarshilikning hozirgi holati haqida gapirdi.
“Men o'ynaganimda, bu dunyodagi eng muhim futbol uchrashuvi edi. O'sha yillardagi "Barselona" ehtimol tarixdagi eng yaxshi "Barselona" bo'lgan. Gvardiolaning o'sha davrdagi "Barsa"si hozirgi jamoadan yaqqol farq qiladi.
Nazarimda, hozir dunyoning diqqat-e'tibori ko'proq “Liverpul” – “Manchester Siti” yoki Angliya chempionatining boshqa o'yinlariga qaratilgan. "El-Klasiko"ning darajasi pasayib bormoqda, bu achinarli. Lekin bunda "Real"ni ayblamaslik kerak, chunki ular dunyoning eng zo'r jamoalaridan biri. Muammo o'z salohiyatini boy bergan "Barselona"da", - deya O'zil so'zlarini keltiradi Marca.
21 aprel, yakshanba kuni “Real” Ispaniya Primerasining 32-turi doirasida “Barselona” bilan o'ynaydi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
20-Aprel 2024,11:10