Pep Gvardiola Aytana Bonmatini "Barsa" sport direktori etib tayinlashga va'da berdi.
"Oltin to'p" sohibi o'zining kelajagini muhokama qilar ekan, "Barsa" sport direktori bo'lish istagini bildirdi.
Aytana Bonmati Konka loyihasi doirasida Pep Gvardiola bilan suhbatlashdi. TV-3 telekanalida futbolchining faoliyatiga bag'ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Bonmati futbolda rahbarlik lavozimlarida ayollar ko'p emasligini ta'kidladi.
"Men tekinga "Barsa" prezidenti lavozimiga kelardim, xavotir olmang. Bu pul masalasi bo'lmaydi.
Lekin bu erda sizni ogohlantirishim kerak bo'lgan muammo bor: men prezident bo'laman va sizni sport direktori lavozimiga imzolayman.
Xavotir olmang, 80 yoshimgacha murabbiylik qilish niyatim yo'q. Ko'ramiz", - dedi "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Manchester Siti" bilan ishlaydigan Pep Gvardiola.
24-Aprel 2024,18:30