"Barselona" Lamin Yamalni "PSJ"ga sotmaydi.
16 yoshli vingerning transferi kelasi yozda parijliklar uchun ustuvor vazifaga aylanishi mumkinligi haqida avvalroq xabar berilgandi. Mumkin transfer summasi 200 million evroga baholanmoqda.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, Yamalning agenti Jorje Mendesh bir necha hafta oldin "Barselona"ga "PSJ"ning qiziqish bildirayotgani haqida ma'lum qilgan.
Biroq Kataloniya klubi Lamin bo'yicha har qanday taklifni ko'rib chiqishdan bosh tortdi, chunki u yaqin yillarda klubning asosiy o'yinchisi va yuziga aylanishiga ishonishdi.
16 yoshli vingerning tovon puli 1 milliard evroni tashkil etadi va "Barselona" uni kamaytirish niyatida emas.
Yamal ham o'z navbatida "Barselona"ni tark etishdan manfaatdor emas. Qayd etilishicha, klub va futbolchi shartnomani Lamin 18 yoshga to'lgunga qadar 2030 yilgacha uzaytirishga og'zaki kelishib olgan. Amaldagi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
24-Aprel 2024,22:50