"Barselona"ning sobiq futbolchisi Roberto Bonano "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavining mavsum yakunida o'z lavozimida qolishi haqidagi qaroriga izoh berdi.
"Xavi "Barselona" bosh murabbiyi bo'lib qolgani juda yaxshi. U klubni, uning xususiyatlarini juda yaxshi biladi, qiyin vaziyatlarda qanday manyovr qilishni biladi, chunki unda "Barselona" DNKsi bor. U bu klubda futbolchi sifatida rivojlandi va murabbiy sifatida kamol topganini allaqachon isbotlagan. U jamoa bilan chempionlikni qo'lga kiritgan, nihoyat Chempionlar ligasida o'zini ko'rsatdi va bu tuzilmadagi katta qiyinchiliklarni inobatga olgan. "Barselona"dek o'zgacha jamoaga mos murabbiyni topish qiyin bo'lardi. Jamoa uning qaroriga quvnoq munosabatda bo'lgani ham juda muhim, "Valensiya" bilan g'alabali o'yin jamoa bu qarordan mamnun ekanligini isbotlaydi", - dedi Bonano.
Eslatib o'tamiz, Xavi "Barselona"ni 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida "ko'k-anorranglilar" Ispaniya chempionligini qo'lga kiritib, mamlakat Superkubogi sohibiga aylanishdi.
30-Aprel 2024,16:50