Romario Yoxan Kroyffni futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy deb atadi.
58 yoshli braziliyalik sobiq futbolchi niderlandiyalik murabbiy qo'l ostida "Barselona"da o'ynagan davri haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
Uning ta'kidlashicha, Maykl Laudrup, Pep Gvardiola, Xristo Stoichkov, Andoni Zubizarreta, Migel Anxel Nadal va Gilermo Amor kabi futbolchilar bilan o'ynash unga "katta ishonch va tajriba" bergan.
"O'sha paytda ajoyib o'yinchilar va barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi bor edi, menimcha, uning nomi Yoxan Kroyff edi", - dedi Romario.
"Barselona"da Romario ikki marta Ispaniya chempioni bo'ldi (1992/93, 1993/94), Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi (1994), shuningdek, 1993/94 yilgi Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi va u erda "Milan"ga yutqazdi ( 0:4).
22-May 2024,10:20
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0